Maxfiylik siyosati
Qanday maʼlumot yigʻamiz
Saytdagi formalar orqali faqat siz oʻzingiz kiritgan maʼlumotlar olinadi: ism, telefon raqami, agar yozsangiz — email va xabar matni. Boshqa hech qanday maʼlumot yigʻilmaydi.
Nima uchun ishlatamiz
Faqat sizning arizangizga javob berish va sayohatni tashkil qilish uchun. Reklama tarqatish yoki uchinchi shaxslarga sotish uchun ishlatilmaydi.
Kim koʻradi
Arizani kompaniya menejerlari koʻradi. Sayohatni rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar (masalan mehmonxona bronida ism) tegishli xizmat koʻrsatuvchiga uzatiladi.
Qayerda saqlanadi
Arizalar Google xizmatlarida (Google Sheets) va kompaniyaning Telegram kanalida saqlanadi.
Cookie va statistika
Sayt tashriflar statistikasini yigʻish uchun Yandex Metrica xizmatidan foydalanadi. Bu xizmat sizni shaxsan aniqlamaydi — faqat umumiy statistika toʻplaydi va faqat siz rozilik berganingizdan keyin ishga tushadi.
Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda maʼlumotlaringizni oʻchirishni soʻrashingiz mumkin — quyidagi telefon yoki Telegram orqali murojaat qiling.
Shaxsiy maʼlumotlarni saqlash qoidalari 2026-yilda oʻzgardi. Bizning saytimizdagi kabi oddiy ism va telefon raqami olinadigan forma cheklangan toifaga kirmaydi. Shunga qaramay, savollaringiz boʻlsa biz bilan bogʻlaning.